Moda har kuni o‘zgarib turadi va bugungi kunda bu tendensiya robotlar hisoblanadi. Biroq fantastika yozuvchilarning qo‘rquvidan farqli o‘laroq, ular bizlarni yo‘q qilmoqchi emas, balki insoniyatga katta foyda keltirmoqda. Ba’zan juda g‘ayrioddiy tarzda.
Yetkazib beruvchi — Bo‘g‘irsoq
Ertakda qahramonini ayanchli qismat kutib oladi. Ammo hatto eng dahshatli tulki ham yangi Bo‘g‘irsoqni yeyishi dargumon. Rossiyalik olimlar yaratgan mazkur qurilma yetkazib berish xizmatida ishlaydi.
Xiaomi kompaniyasidan CyberDog 2
Haqiqiy uy hayvonini boqishga imkoniyatingiz yo‘qmi? Buning yo‘li bor. Uning ismi esa CyberDog 2. Xiaomi ning so‘nggi robot-it modeli o‘rnatilgan datchiklar tufayli mukammal navigatsiya tizimiga ega, odamlarni taniydi va hatto aqlli uy tizimiga ulanadi. Shuningdek, it panjasini berishi, o‘tirishi, yotishi va boshqa buyruqlarni bajarishi mumkin.
Huggie Bot 3.0 — quchoqlash uchun robot
Huggie Bot ilgari faqat klassik quchoqlash texnikasini bilardi, lekin ijodkorlar unga doimo yangi narsalarni qo‘shib borishadi. Uchinchi versiyada, masalan, u quchoqlashga javob berishni ham o‘zlashtirgan.
Kirobo Mini — aloqa roboti
Kirobo Mini — Toyota kompaniyasi tomonidan odamlar yolg‘izlik tuyg‘usini his qilmasligi uchun yaratilgan. Aytgancha, uning avvalgi versiyasi hatto kosmonavtlarga ham bu borada yordam bergan. Ikkinchi variant ko‘proq hayotlarining muhim daqiqalarini baham ko‘rish uchun Yer yuzidagi insonlarga qaratilgan.
Dunyasha — robot bufetchi
Mazkur jozibali ayol har qanday mijozni bir chashka issiq qahva bilan siylashga tayyor bo‘lsa ham, u shunchaki robot. Uning vazifasiga muzqaymoq va boshqa ichimliklarni taklif qilish ham kiradi. Agar kerak bo‘lsa, u ertak ham aytib beradi va qiziqarli faktlar bilan o‘rtoqlashadi.
Boston Dynamics dan universal bot Atlas
Robot olamining yulduzi bilan tanishing. Butun internet uning mashhur saltosini biladi. Bundan tashqari, u yugurishi, sakrashi va ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tishi mumkin. To‘g‘ri, u gapira olmaydi, his-tuyg‘ularni bilmaydi va uy ishlarini qila olmaydi. Ammo hozircha shunday xolos.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring