20:12 / 14.11.2023
68

Humo to‘lov tizimi bank kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Humo to‘lov tizimi bank kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqidagi xabarlarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda xakerlar mamlakat banklaridan birining Humo bank kartalarini buzib kirishgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Unda bir necha bank kartalaridan umumiy hisobda 57 milliard so‘m yechib olingani va mazkur mablag‘lar kriptovalyutaga almashtirilib, mamlakatdan olib chiqib ketilgani iddao qilinadi.

Milliy banklararo protsessing markazining izoh berishicha, ushbu xabarlar yolg‘on va Humo to‘lov tizimi barcha xavfsizlik talablariga javob beradi.

Humo to‘lov tizimi barcha xavfsizlik talablariga javob beradi va tizimga bevosita hech qanday kiberhujum sodir bo‘lmagan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoq faollaridan tekshirilmagan va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud”, - deyiladi rasmiy munosabatda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Humo to‘lov tizimi bank kartalaridan pul o‘g‘irlangani haqidagi xabarlarni rad etdi