12:32 / 12.12.2023
85

Xitoy xakerlari AQSHdagi 20 ta muhim obyekt tizimlarini buzib kirdi

Xitoy xakerlari AQSHdagi 20 ta muhim obyekt tizimlarini buzib kirdi

Foto: Google Images

O‘tgan yil davomida xitoylik xakerlar AQSHdagi yigirmaga yaqin muhim obyektlar, jumladan, infratuzilma obyektlarining kompyuter tizimlariga kirib borgan. Bu haqda The Washington Post nashri yozmoqda.

Nashrning ta’kidlashicha, xitoylik xakerlar buzib kirgan tizimlar orasida Gavayi shtatidagi suv ta’minoti tizimi bilan bog‘liq obyekt, AQSH Tinch okeani sohilidagi yirik port va neft va gaz quvuri bor. Bundan tashqari, Texas shtatidagi elektr tarmoqlari operatori kiberhujumlarga uchragan. Aniqlik kiritilishicha, mazkur obyektlar faoliyatida hech qanday uzilishlar kuzatilmagan.

Nashr ekspertlari bu harakatlar “Tinch okeanida AQSH-Xitoy mojarosi yuzaga kelganda vahima, tartibsizlik yoki logistikani buzish yo‘llarini ishlab chiqish bo‘yicha sa’y-harakatlarning bir qismi” ekanini ta’kidlashgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoy xakerlari AQSHdagi 20 ta muhim obyekt tizimlarini buzib kirdi