23:55 / 28.12.2023
133

Turkiyaning Anka-3 jangovar droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)

Turkiyaning Anka-3 jangovar droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)

Foto: Defense Express

Turkiyaning Anka-3 uchuvchisiz jangovar samolyoti ilk parvozini amalga oshirdi. Bu haqda TUSAS kompaniyasi xabar berdi.

Texnika ishlab chiquvchining so‘zlariga ko‘ra, yangi dron razvedka, elektron urush, yerdan zarbalar berish va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini bostirish missiyalarida qo‘llanilishi mumkin. Anka-3 ning texnik xususiyatlari:

  • Maksimal parvoz balandligi — 40 ming fut (12 kilometr);
  • Havodagi vaqt — 10 soat;
  • Yuk ko‘tarish hajmi — 1200 kilogramm;
  • Maksimal tezlik — 0,7 mah (800 km/soat dan ortiq)

Anka Turkiya Qurolli kuchlari uchun ishlab chiqilgan dronlar oilasiga kiradi. U ikkita modifikatsiyaga ega — Anka-A va Anka-B. Anka-A kuzatuv, patrul va razvedka uchun, Anka-B esa raketalar va aviabombalardan foydalangan holda jangovar harakatlar uchun mo‘ljallangan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Turkiyaning Anka-3 jangovar droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)