Apple kompaniyasi salomatlik haqida ma’lumotlarni yig‘uvchi Gliimpse startapini sotib oldi

Apple kompaniyasi foydalanuvchilar salomatligi va kayfiyati haqida ma’lumotlarni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi Gliimpse startapini xarid qildi. Bu haqda "Kun" ma’lum qildi.
Bitim bir muddat avval amalga oshirilgan, biroq Apple buni sir tutgan. Apple’da "kompaniya vaqti-vaqti bilan kichik kompaniyalari sotib olishi va odatga ko‘ra, o‘z xaridlari va rejalarini muhokama qilmasligi" aytildi.
Gliimpse 2013 yilda tashkil etilgan. Kompaniya foydalanuvchi sog‘lig‘i haqida ma’lumotlar yig‘ib, ularni qayta ishlab, foydalanuvchiga taqdim qilish bilan shug‘ullanadi.
Mutaxassislar startapning sotib olinishini Apple Watch soatlari qo‘llanadigan salomatlikka yo‘naltirilgan loyiha bilan bog‘lashmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing