Avval ishlatilgan, ayniqsa, o‘g‘irlangan iPhone’lar yangi xo‘jayinlarining fotosuratlarini iCloud’ga yoki ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborib, ularni «sotib qo‘yishi» bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘p kuzatilgan, deb yozadi «Mail.ru».
Shunday hodisa navbatdagi marta sodir bo‘ldi. 33 yoshli avstraliyalik ayol Nikol Sheltonning sumkasi va uning ichidagi barcha narsalarni, jumladan telefonini ham o‘g‘irlab ketishganidan so‘ng, u taqdirga tan berib, yangi iPhone sotib oldi.
Biroq bir kuni o‘zining Facebook’dagi sahifasida notanish erkakning surati paydo bo‘ldi. Ayol gap nimadaligini tushunib, foydalanuvchilardan ushbu fotosuratni repost qilishni so‘radi. U suratga «shiringina» izoh yozib qo‘yishni ham unutmadi. Bir necha soat ichida repostlar soni 20 mingdan ham oshib ketdi.
Kutilmaganda fotosuratdagi yigit topilib qoldi. U Nikolning e-meyliga xat yozib, uzr so‘radi va iPhone’ni boshqa odamdan sotib olganini, devays o‘g‘irlanganini bilmaganini aytdi. Smartfon polisiya orqali qonuniy egasiga topshirildi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Olimlar Oyning orqa tomonidan olingan tuproq namunalarini o‘rgandi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi