15:30 / 04.03.2024
70

Xaridorlar mobil ilova orqali mahsulotlar haqiqiyligini tekshirishi mumkin

Xaridorlar mobil ilova orqali mahsulotlar haqiqiyligini tekshirishi mumkin
Mahsulotlarni noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish va sotish holatlarining oldini olish, alohida turdagi mahsulotlarning qonuniy aylanmasini ta’minlash maqsadida respublikada 2021 yildan boshlab tovarlar bosqichma-bosqich raqamli markirovkalanmoqda.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bugungi kunda qator mahsulotlar raqamli markirovkalangan holda sotilishi lozim. Ular orasida maishiy texnika, dori vositalari va tibbiy buyumlar bor.

Ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga alohida e’tibor berish va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirish mumkin. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishning oldini oladi.

Markirovkani tekshirish uchun mobil ilovaning «Umumiy xizmatlar» bo‘limidan Markirovkani tekshirish tanlanadi. Ochilgan oyna pastki qismidan Datamatrixni skanerlash tugmasi bosiladi va kamera mahsulotdagi markirovka kodiga yo‘naltiriladi.

Agar markirovka kodi haqiqiy bo‘lsa: «kod haqiqiy» yozuvi, mahsulot nomi, mahsulot holati (ishlab chiqarilgani, sotuvdaligi yoki sotilganligi), qaysi korxona tomonidan qachon ishlab chiqarilgani, ulgurji savdo korxonasi qachon sotib olgani, iste’molchiga qaysi korxona tomonidan qachon sotilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar ekranda paydo bo‘ladi. Kod haqiqiy emas yozuvi markirovkaning soxtaligini bildiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xaridorlar mobil ilova orqali mahsulotlar haqiqiyligini tekshirishi mumkin