Yaponiya o‘tgan yili transport qonunlarini o‘zgartirib, jamoat ko‘chalarida yetkazib beruvchi robotlar harakatiga ruxsat berdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
Foto: AFP
Yashil robot Uber Eats dasturi orqali buyurtma berilgan taomni olish uchun restoranlarga borgan vaqtida “Diqqat robot!” deb ovoz chiqaradi.
Foto: AFP
6 martdan boshlab, yetkazib beruvchi robotlar shaharning kichik bir qismida ishga tushiriladi. Ishchi kuchi tanqisligiga duch kelgan mamlakat, o‘tgan yili jamoat ko‘chalarida yetkazib beruvchi robotlar faoliyatiga ruxsat berish uchun transport qonunlarini o‘zgartirgan. Ko‘plab kompaniyalar, jumladan Panasonic ham yuklarni tashish uchun yangi robotlarni sinab ko‘rmoqda.
Foto: AFP
Mashina soatiga 5,4 kilometr (3,4 milya) tezlikda harakatlanadi. Uber Eats rahbari Alvin Ooning maʼlum qilishicha, Tokio robotlarining imkoniyatlari dastlab cheklangan bo‘ladi.
"Ilova foydalanuvchilari robot kelishini tashqarida kutishlari lozim, ammo bir kun kelib u ularning eshigi oldiga borishi mumkin", — dedi u 5 mart kuni AFP‘ga.
Mitsubishi Electric va AQSHning Cartaken startapi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Uber Eats robotlari dastlab gavjum Nihonbashi tumanidagi bir nechta restoranlardan oziq-ovqat yetkazib berishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”