20:36 / 06.03.2024
52

Kuladigan va qovoq sola oladigan yordamchi robot (foto, video)

Kuladigan va qovoq sola oladigan yordamchi robot (foto, video)
Foto: Overclockers
Kanadalik startapchi sun’iy intellektga ega ish stoli avtonom robotini yaratdi. Dolli ismli ushbu yoqimtoy robot o‘z egasi bilan muloqot qilishga va emotsiyalarini ko‘rsatishga qodir.

Dolli —oddiy robot emas. U insonlarga hamroh sifatida yaratilgan bo‘lib, o‘yin-kulgi, ta’lim va ijtimoiy muloqotni taklif etadi. Robot o‘z egasiga turli sohalarda bilimlarini oshirishga va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. Buyruq yoki biror so‘zga harakatlari va ko‘z animatsiyalari bilan javob beradi. Dollidan foydalanish qo‘shimcha ilovalar yoki gadjetlarni talab qilmaydi. Xohishga ko‘ra uning holatini maxsus ilova yordamida tekshirib turish mumkin.

Foto: Overclockers
Robot Dolli buyruqlar va savollarni yaxshi tushunadi. Ovozli boshqaruvni faollashtirish uchun “Hey Doly” deb gapni boshlash va buyruq berish kifoya. Natural Language Understanding inson nutqini aniqlash tizimi taymer o‘rnatish yoki ob-havo ma’lumotlarini bilish imkoniyatini beradi.

Foto: Overclockers
Bundan tashqari, Dolli chiroyli suratga olishni, stol chetiga kelsa ham tushib ketmaslik lozimligini biladi. Robot serversiz ishlagani tufayli foydalanuvchilar shaxsiy xavfsizligi va maxfiyligi haqida qayg‘urishiga hojat yo‘q.

Foto: Overclockers
Dolli doimo faol yuradi, agar quvvati tugayotganini sezsa, mustaqil ravishda o‘zini zaryadlaydi. Ajoyib-a?

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kuladigan va qovoq sola oladigan yordamchi robot (foto, video)