18:42 / 26.03.2024
83

Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin?

Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin?
Foto: AP
Sun’iy intellekt insoniyatga yaxshigina yordamchi bo‘lib qoldi. Ayniqsa texnologik kompaniyalar SI yordamidan ko‘proq foydalanadi va ko‘proq foyda ko‘rishlari mumkin. Lekin ular bunga qachonki odamlarning sun’iy intellektga bo‘lgan ishonchiga ega bo‘la olishsa, erishadi. Hozir dunyo sun’iy aqlga ishonadiganlar va uni rad etadiganlar toifasiga bo‘lingan.

2024 yilda 28 ta davlatda 32 ming ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomalarga ko‘ra, respondentlarning 38 foizi innovatsiyalarni qabul qiladi, 35 foizi esa rad etadi.

Hozir sun’iy intellekt muhim burilish nuqtasida turibdi. Odamlarga innovatsiyalarni qabul qila olishlari uchun ko‘proq sabab topib berish lozim. Chunki sun’iy intellekt yillik global iqtisodiyotga 4,4 trillion dollargacha foyda olib kelishi mumkin.

Odamlarning texnologiyaga ixtisoslashgan kompaniyalarga ishonchi baland. So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 76 foizi kompaniyalarga ishonishini bildirgan. Endi texnologik kompaniyalar oldida sun’iy intellekt va texnologiyalarning ijobiy transformatsiyasiga ko‘proq odamni ishontirish vazifasi turibdi.

Sun’iy intellekt kompaniyalariga bo‘lgan ishonch esa texnologik kompaniyalarga qaraganda pastroq. Oxirgi 5 yilda bu ishonch 62 foizdan 54 foizga tushgan. Ishonchsizlikning asosiy sabablari shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi bilan bog‘liq tashvishlar, sun’iy intellekt insoniylikni qadrsizlantirishi mumkinligi, yetarlicha sinovdan o‘tkazilmaganligi va jamiyatga zarar keltirishi mumkinligidir.

Ishonchsizlik bildirganlarning faqatgina 22 foizi o‘z ish o‘rnini yo‘qotishdan xavfsiraydi. Ko‘rinib turibdiki, odamlarning qo‘rquvlari shaxsiy masalalardan ko‘ra ko‘proq umumiy jamiyat muammolari bilan bog‘liq.

Qanday qilib sun’iy intellektga ishontirish mumkin?

Ish jarayoni bilan ko‘proq tanishtirish orqali
. Odamlar biror narsani qanchalik kam tushunsa, uni qabul qilish ehtimoli shunchalik past bo‘ladi. Texnologiyadan foydalanish deganda faqatgina o‘z smartfonlari va shaxsiy kompyuterlari bilangina chegaralanadigan kam tajribaga ega bo‘lgan ko‘plab odamlar uchun sun’iy intellekt sirli bo‘lib ko‘rinishi mumkin.

Texnologiya kompaniyalari esa pardani ochib, qanday qilib sun’iy intellektdan foydalanishlarini tushuntirishlari kerak. Mahsulotlariga sun’iy intellektni integratsiya qilayotgan kompaniyalar, iste’molchilar allaqachon foydalanayotgan vositalarga sun’iy intellektni qay usulda qo‘shishlarini ko‘rsatib berishlari mumkin.

Masalan, til o‘rganish ilovasi bo‘lgan Duolingo, sun’iy intellekt darslarni tezroq yaratishga qanday yordam berishi haqida blog postlari chop etgan.

Sun’iy idrokning jamiyatga foydasi tegishini ko‘rsatish orqali. Anti-sun’iy intellekt fikrlarning asosiy qismida 2 ta sabab bor: noto‘g‘ri ma’lumot tarqatish xavfi va ish o‘rinlarining sun’iy intellekt tomonidan egallanishi natijasida ish o‘rinlari displaziyasi vujudga kelishi mumkinligi.

Albatta, bu xavflarni inkor etmagan holatda sun’iy intellektning jamiyatni yaxshiroq qilish uchun bajarayotgan ishlarini ham ko‘rsatib borish zarur.

Shaxslarga nafi borligini bildirish orqali. Sun’iy intellektga unchalik ro‘yxushlik bermayotganlar Google xaritalari, spam filtrlari va boshqa shunga o‘xshash holatlarda undan allaqachon foydalanib ko‘rishganini bilmaydi. Sun’iy intellekt iste’mol mahsulotlariga qanchalik chuqur kirib borsa, texnologiya kompaniyalari ham o‘zlarining sun’iy intellekt texnologiyasi qanday ishlashi va u qanday qilib shaxslar hayotini osonroq, arzonroq yoki chiroyli qilishini batafsil ko‘rsatishlari kerak.

Masalan, Samsung o‘zi ishlab chiqarayotgan maishiy texnikalarga sun’iy intellektni integratsiya qilyapti. Microsoft kompaniyasining Copilot SI chatboti esa foydalanuvchilarga kundalik vazifalarni bajarishda ko‘proq samarali va ijodkor bo‘lishga yordam beradi.

Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, odamlar sun’iy intellekt hayotlarida borligi uchun o‘zlarini ko‘proq qulay his qilishsa, shuncha tezroq uni qabul qilishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt qanday qilib odamlar mehrini qozonishi mumkin?