Foto: AFP/Getty Images
Ko‘pgina sun’iy intellekt (SI) tizimlari, shu jumladan halol bo‘lishga o‘rgatilganlari odamlarni qanday aldashni o‘rgangan. Buni Patterns nashrida chop etilgan tadqiqot ko‘rsatdi.
Olimlar sun’iy intellekt tizimlari yolg‘on ma’lumotlardan qanday foydalanishi haqidagi hisobotlarni tahlil qilishdi. Eng yorqin misol «Diplomatiya» o‘yiniga o‘rgatilgan CICERO algoritmi edi. Unda o‘yinchi dunyoni zabt etish uchun ittifoqlar tuzishi kerak. CICERO o‘yin davomida o‘z ittifoqchilariga qasddan zarba bermaslikka o‘rgatilgan bo‘lsa ham halol o‘ynamagan.
Boshqa sun’iy intellekt tizimlari «Starcraft II» strategiya o‘yinida soxta hujumlarni uyushtirishni va pokerda g‘irromlik qilish qobiliyatini namoyish etgan. Ba’zi algoritmlar hatto o‘z xavfsizligini baholash uchun mo‘ljallangan testlarni aldashni o‘rgangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, SI aldashni o‘rganishda davom etsa, odamlar uning ustidan nazoratni yo‘qotishi mumkin. Shu sababli, ushbu muammoni hal qilish va tizimni yuqori xavfli texnologiya sifatida tasniflash uchun imkon qadar tezroq qat’iy qoidalarni ishlab chiqish kerakligi aytilmoqda.
Olimlar hozircha sun’iy intellektning aldashni o‘rganishi sabablarini bilmaydi. Biroq, SI vazifani yaxshiroq bajarish uchun aldov va hiyladan foydalanayotgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi