Instagram ilovadagi xaritalardan xalos bo‘lmoqda


Instagram fotoservisi ilovadan foydalanuvchining u yoki bu manzilda olingan kadrlari bo‘lgan xaritani olib tashlay boshladi.
Ba’zi foydalanuvchilar o‘tgan haftadan buyon opsiyaning yo‘qligidan shikoyat qila boshlashdi, deb yozmoqda "Kun" nashri. Yaqin orada o‘zgarishlar Instagram’ning barcha foydalanuvchilariga taalluqli bo‘ladi.
Servis xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu funksiya u qadar mashhur emasdi. Instagram ishlab chiqaruvchilari servisning boshqa, nisbatan ustuvor imkoniyatlariga diqqatni qaratishga qaror qilishdi.
Geoteglar o‘z holicha qoladi. Foydalanuvchilarda surat geolokasiyasini belgilash, kichik xaritada shu erning o‘zida olingan boshqa suratlarni ko‘rish imkoni saqlanib qoladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…