Foto: CCTV
Xitoy harbiylari Kamboja yaqinida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar chog‘ida orqasida miltiq o‘rnatilgan robot itni namoyish etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
«U shahar sharoitidagi jangovar harakatlarimizda xizmat qilishi mumkin. U razvedka qilish, dushman joyini aniqlash va nishonga zarba berishga qodir», dedi askar Chen Vey Xitoy davlat telekanalidagi videoda.
Videoda robot-itning masofadan turib operator boshqaruvi ostida yurishi, sakrashi, yotishi va orqaga qarab harakatlanishini ko‘rish mumkin. Shuningdek, videoda robot-itga o‘rnatilgan avtomat miltiq ham ko‘rinadi.
«Robot-itlar, shuningdek, kichik dronlardan harbiy maqsadda foydalanish yangilik emas. O‘tgan yili Xitoy, Kambodja, Laos, Malayziya, Tailand va Viyetnam harbiylari ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma mashg‘ulotlarda ham miltiq o‘rnatilgan elektron itlar ko‘rsatilgan edi», deyiladi xabarda.
Qayd qilinishicha, Xitoy dronlarni eksport qilish bo‘yicha dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Biroq o‘tgan yili mamlakat Savdo vazirligi «milliy xavfsizlik va manfaatlarni himoya qilish» zarurligini ko‘rsatib, uchuvchisiz texnologiyalarga eksport nazoratini joriy qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi