15:00 / 03.08.2024
30

ASUS atirgul iforiga ega dunyodagi birinchi noutbukni taqdim etdi (foto)

ASUS atirgul iforiga ega dunyodagi birinchi noutbukni taqdim etdi (foto)
Foto: Europa plus
ASUS kompaniyasi Anna Sui parfyumeriya brendi bilan hamkorlikda xushbo‘y hid taratadigan noodatiy qurilma — Adolbook 14 Air nomli yangi noutbukni ishlab chiqdi.

Noutbuk qopqog‘ining markaziy qismiga maxsus dozator o‘rnatilgan bo‘lib, u gadjetga magnit yordamida yopishtiriladi, bu esa kartridjlarni almashtirishda qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Foto: Europa plus

Foto: Europa plus
Och siyohrang tusda ishlangan Adolbook 14 Air xarid qilsangiz, qo‘shimcha sifatida rezavorlar, sitruslar va atirgullarning xushbo‘y hidini taratuvchi parfyumdan iborat dozator, zamonaviy sichqoncha, noutbukni saqlash uchun sumka va stikerlar beriladi. Bundan tashqari, bir flakon Wishing Elf Parfume atiri ham sovg‘a qilinadi.

Foto: Europa plus

Foto: Europa plus
Adolbook 14 Air texnik nuqtayi nazardan ham yaxshi parametrlarga ega. Noutbuk 2880x1800 pikselli va 14 dyuymli OLED panelga ega. Uning akkumulator quvvati 14 soat davomida to‘xtovsiz video tomosha qilish uchun yetarlidir. Noutbuk operativ xotirasi 32 GB, doimiy xotirasi esa 1 terabaytni tashkil etadi. Adolbook 14 Air'ning narxi 6999 yuan (taxminan 975 dollar).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ASUS atirgul iforiga ega dunyodagi birinchi noutbukni taqdim etdi (foto)