
Ilk xaridorlar iPhone 7 va 7 Plus’da noodatiy muammoni aniqladi, deb yozadi «Hi-tech.mail.ru»ga asoslanib "Daryo" xabar berdi. Qurilmaga ko‘p vazifa yuklatilganida u vishillashga o‘xshash g‘alati tovush chiqaradi.
YouTube’dagi DetroitBORG va 512 Pixels kanallari mualliflari muammo haqida tasavvur hosil qiladigan videoni joyladi. U HissGate deb nomlandi.
512 Pixels kanali yaratuvchisi Stiven Xakett ta’kidlashicha, Apple’dagilar allaqachon muammodan xabardor qilingan. Bunday xususiyat muayyan partiyadagi iPhone 7 va 7 Plus’da kuzatilishi taxmin qilinmoqda.
Vishillaydigan smartfonlarni 5—7 kun ichida bunday tovush chiqarmaydigan qurilmalarga almashtirish mumkin. Apple vaziyatga rasman izoh berganicha yo‘q.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar