20:30 / 24.08.2024
17

iPhone 16 smartfonidan qanday yangiliklar kutilmoqda?

iPhone 16 smartfonidan qanday yangiliklar kutilmoqda?
Foto: Apple Hub
Tez orada Apple kompaniyasi o‘zining yangi smartfonini taqdim etadi. Insayderlarga ko‘ra, namoyish 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Apple'ning yangi iPhone 16 smartfonlariga qanday o‘zgarishlar kiritilgan? Quyida batafsil ko‘rib chiqamiz.

Joriy yilda chiqishi kutilayotgan smartfonlar dizaynida deyarli o‘zgarishlar yo‘q. Garchi o‘tgan yilgi iPhone 15 Pro birinchi marta titan korpusda chiqqan bo‘lsa-da, bu yilgi iPhone 16 liniyasi avvalgi dizaynda ishlab chiqariladi.

Foto: Forbes
Yangi iPhone 16, 16 Plus smartfonlarida kamera bloki endilikda oval shaklida bo‘ladi. Biroq, 16 Pro va 16 Pro Max kabi modellarda kamera dizayni o‘zgarmay qoladi.

Joriy yilgi liniyaga yangi rang — Desert Titanium kiritilishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, iPhone ixlosmandlari smartfonning oq, qora, sariq, havorang va pushti variantlarni xarid qilishlari mumkin.

Foto: Forbes
Gadjet ekranlari ham kattalashadi. Odatiy iPhone 16 diagonali uzunligi 6,3 dyuymni, premium versiyasi esa 6,9 dyuymni tashkil qiladi.

iPhone tugmasida ham o‘zgarishlar bor: uning funksional imkoniyatlari kengaytiriladi va tugmaga Atlas nomi beriladi.

Foto: Europa Plus
Kameralarga kelsak, texnik jihatdan yanada takomillashtirilgan iPhone kameralarida olingan suratlar yanada sifatliroq bo‘ladi. Ayniqsa, qorong‘i joyda olingan tasvirlar yaqqolroq ko‘rinadi.

Foto: Europa Plus
Smartfon xotirasi asosiy konfiguratsiyada 128 GB, Pro versiyasida 2 TB gacha boradi. Bundan tashqari, barcha iPhone 16 gadjetlari 8 GB operativ xotira bilan ta’minlanadi. Bu sun’iy intellekt to‘plami — Apple Intelligence ishlashi uchun zarur bo‘lgan hajmdir. Shuningdek, iPhone 16 seriyaning barcha modellarida avtonomlik ham oshadi. Qurilmaning o‘lchami taxminan 160x76x8 millimetr bo‘ladi.

Foto: Europa Plus

iPhone 16, Apple kompaniyasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 16 smartfonidan qanday yangiliklar kutilmoqda?