Xitoyning Lenovo firmasi boshqa texnologik kompaniyalar bilan hamkorlikda FIDO (Fast IDentity Online) standarti asosidagi barmoq izi bilan himoyalanadigan noutbuklarni tayyorlashni rejalashtirgan. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Noutbuklar ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda etakchi bo‘lgan xitoylik gigant ushbu maqsadda Synaptics, Intel va PayPal kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Bunday barmoq izi bilan himoyalangan noutbuklarda onlayn xaridlarni parolni klaviaturada terib o‘tirmay, shunchaki barmoqni tabga qo‘yish orqali amalga oshirsa bo‘ladi. Bu albatta, ushbu texnologiyaning bitta afzalligi, xolos. Shubhasiz, bunday noutbuklar yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘ladi.
Barmoq izi bilan himoyalangan Lenovo noutbuklari uch qatlamli xavfsizlik tizimi bilan ta’minlanadi: u qurilmaning apparat qismiga o‘rnatiladigan Natural ID barmoq izi sensori, Intel va FIDO xavfsizlik tizimlaridan tarkib topadi. Oddiy qilib tushuntirsak, foydalanuvchining barmoq izi va FIDO ma’lumotlari noutbukda shifrlangan holda butunlay saqlanadi. Sizga endi ma’lum servislardan foydalanish uchun parol zarur bo‘lmaydi, shunchaki barmoq izingizni o‘zi etarli. Bu narsa hisob qaydnomalari va noutbukning xavfsizligini bir necha barobarga oshiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi