13:14 / 11.10.2024
115

Ilon Mask ruli va pedali boʻlmagan robot taksini namoyish qildi (video)

Ilon Mask ruli va pedali boʻlmagan robot taksini namoyish qildi (video)
Foto: X
Amerikalik milliarder Ilon Mask “Biz, robot” deb nomlangan tadbirda Tesla kompaniyasining soʻnggi yutuqlari — odamsimon robot, rul va pedali boʻlmagan robot taksi va 20 kishilik sigʻimga ega “robofurgon”ni taqdim etdi.

Robot taksi

Maskning aytishicha, Cybercab avtomobilida sayohat qilish oddiy mashinalarga qaraganda oʻn baravar osonlashadi. Milliarder “robotaksi”ni lift bilan taqqoslagan — tugmani bosish kifoya va qolgan hamma narsani unutish mumkin.

“Koʻrganingizdek, men bu erga robotaksida kelganman. Oʻylaymanki, bizni yorqin kelajak kutmoqda”, degan Mask taqdimotda.

Kelajakni aks ettiruvchi ushbu avtomobil narxi 30 ming dollardan oshmaydi va uni ommaviy ishlab chiqarish 2026 yildan boshlanadi. Tesla rahbari kompaniyaning maqsadi “yoʻllarning qiyofasini oʻzgartirish” va kelajakdek koʻrinishini ta'minlash ekanini aytgan. “Robotaksi” sun'iy intellekt tomonidan boshqariladi va induktiv (kabelsiz ishlaydigan) zaryadlovchi qurilmalar bilan jihozlangan.

Odamsimon robot

Tesla Optimus kundalik insoniy vazifalarni, buyurtmalarni qabul qilishdan tortib bolalarga qarashgacha, bajara oladi. Ilon Mask bu robotlar xuddi Tesla avtomobillariga oʻxshashi, faqat “gʻildiraklar oʻrniga oyoq va qoʻllar” ekanini aytdi.

Optimus — sizning shaxsiy C3PO yoki R2-D2 kabi ammo undan ham yaxshiroq. U sanoatdagi jismoniy mehnatni ham tubdan oʻzgartirib yuboradi, deydi Mask.
Milliarder kelajakda koʻplab oilalar Optimus robotini sotib olishga qurbi etishiga umid qilmoqda. Bunday robotning rejalashtirilgan narxi 20-30 ming dollarni tashkil etadi.



“Robofurgon”

Robovan 20 kishini sigʻdira oladi va uni tijorat yoki shaxsiy maqsadlarda — maktab avtobusi, avtouy yoki yuk mashinasi sifatida moslashtirib ishlatish mumkin.

Robofurgon haqida koʻp ma'lumot mavjud emas. Biroq uning ichki qismi quyidagi koʻrinishga ega:




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno