23:16 / 12.10.2024
143

Olimlar ilk marta uyqu paytida odamlar oʻrtasida ikki tomonlama aloqa oʻrnatishdi

Olimlar ilk marta uyqu paytida odamlar oʻrtasida ikki tomonlama aloqa oʻrnatishdi
Foto: REMspace
Olimlar birinchi marta uyqu vaqtida odamlar oʻrtasida ikki tomonlama aloqa oʻrnatishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda Daily Mail REMspace kompaniyasiga tayanib xabar berdi.

Nashrga koʻra, olimlar maxsus uskunalar yordamida uyning turli burchaklarida uxlab yotgan ikki kishining ongini bogʻlay olgan va ular oʻzaro xabar almashgan.

REMspace bosh direktori va asoschisi Maykl Raduganing ma'lum qilishicha, ilgari tushlardagi muloqot ilmiy fantastikadek tuyulgan boʻlsa, endilikda bu odatiy holga aylanishi mumkin.

Tajriba ishtirokchilarining miya toʻlqinlari ma'lumotlarni serverga masofadan uzatuvchi qurilma orqali kuzatilgan. Ishtirokchilardan biri ongli uyquga ketgach, server tasodifiy soʻz yaratgan va uni quloqchinlar orqali tadqiqotning ikkinchi ishtirokchisiga yuborgan. Tajribaning ikkinchi ishtirokchisi uygʻonganida, u soʻzni takrorlay olgan.

Foto: REMspace
Texnologiya hali olimlar tomonidan oʻrganilmagan. Agar u tasdiqlansa, bu uyqu tadqiqotida muhim bosqich boʻladi va ruhiy kasalliklarni davolashda, koʻnikmalarni oʻrgatishda va boshqa koʻplab tadqiqotlar uchun foydalanish mumkin”, deydi REMspace kompaniyasi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno