date

Ochiq kosmosda 6 soat: Rossiyalik kosmonavtlar yangi teleskop oʻrnatishdi

Ochiq kosmosda 6 soat: Rossiyalik kosmonavtlar yangi teleskop oʻrnatishdi

Rossiyalik kosmonavtlarning Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tashqarisidagi navbatdagi ish faoliyati muvaffaqiyatli yakunlandi. Ochiq kosmosdagi ishlar jami 6 soat-u 6 daqiqa davom etdi va bu vaqt ichida ekipaj aʼzolari belgilangan barcha vazifalarni toʻliq bajarishga muvaffaq boʻlishdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kosmonavtlar Sergey Kud-Sverchkov va Sergey Mikaev “Zvezda” moduliga yangi radioteleskopni oʻrnatdilar. Ushbu noyob qurilma Quyoshni ilk bor teragers diapazonida tadqiq qilish imkonini beradi. Bu quyosh faolligini oʻrganishda yangi ilmiy bosqich boʻlishi kutilmoqda.

Shuningdek, mutaxassislar elektronika, smartfonlar va quyosh panellarida keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich material — galliy arsenidi namunalarini olib chiqishdi. Olimlar bunday murakkab strukturalarni bevosita orbita sharoitida yetishtirish imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazmoqdalar.

Yana bir muhim vazifa “Biorisk” tajribasi doirasidagi konteynerni qaytarish boʻldi. Bir necha yil davomida ochiq kosmosning ekstremal sharoitida qolgan mikroorganizmlar va oʻsimlik urugʻlari endi mutaxassislar tomonidan tekshiriladi. Bu tadqiqot tirik organizmlarning koinotdagi chidamliligini aniqlashga yordam beradi.

Kosmonavtlarga stansiya ichidan Andrey Fedyaev koʻmaklashdi. U ERA robotlashtirilgan qoʻlini boshqarib, ekipaj aʼzolarini “Zvezda” va “Nauka” modullari orasida xavfsiz harakatlanishini taʼminladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Ochiq kosmosda 6 soat: Rossiyalik kosmonavtlar yangi teleskop oʻrnatishdi