
Xitoyning Huawei kompaniyasi o‘zining 3 noyabrda bo‘lib o‘tadigan gadjetlar taqdimotiga taklifnomalarni jo‘natishni boshlab yubordi. Taqdimotda kompaniyaning navbatdagi yirik ekranli modeli — Huawei Mate 9 namoyish etilishi kutilmoqda, deyilmoqda "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Hozirgacha ma’lum qilingan tafsilotlarga ko‘ra, Mate seriyasidagi yangi model 6 dyuymli Full HD ekran, HiSilicon Kirin 960 prosessori, 4/6 GB tezkor va 64/256 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, modelga Leica bilan hamkorlikda qilingan 20 MPli qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Kameraga svetodiodli chaqnoq va lazerli avtofokus texnologiyasi tatbiq etiladi.
Mate 9 metall korpus, barmoq izi skaneri bilan ta’minlanadi, Android dvsturinng Nougat versiyasida ishlaydi. Yangi modelning narxi haqida hozircha aniq tafsilotlar mavjud emas. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing