Ko‘pchilik kompyuter va noutbuk foydalanuvchilariga yaxshi ma’lumki, Microsoft Word matn tahriri dasturi hujjat ustida ish ketayotgan paytda ham uni saqlab turadi. Shu bois biror sababga ko‘ra vaqtida saqlanmagan faylni qayta tiklash imkoni bor. Bu haqda «JustCoolIdea.ru»ga asoslanib «Daryo» sayti hikoya qiladi.
Fayl saqlanmay turib dastur yopilgan yoki kompyuter o‘chgan bo‘lsa, saqlashdan oldin kiritilgan ma’lumotlarni tiklash uchun uncha qiyin bo‘lmagan bir qancha amallarni bajarish kerak. Ma’lumotlar kompyuter ichida saqlangani tayin, ularning joylashuv erini topish kifoya.
Asosiy oynada (Word’ning eski versiyalarida — «Fayl» menyusi) «Svedeniya» («Ma’lumotlar») bandini toping. U erda «Upravlenie dokumentom» («Hujjatni boshqarish») punkti bor. Ushbu punkt «Vosstanovit nesoxranennie dokumenti» («Saqlanmagan hujjatlarni tiklash») funksiyasini taklif etadi.
Bu o‘rinda bir qancha fayllar orasidan keragini tanlash talab etiladi.
Fayl qay darajada to‘liq saqlangani esa sozlamalarga bog‘liq. To‘liq saqlanishi uchun «Oxirgi avtomatik saqlangan versiyani saqlashsiz yopish paytida qo‘shimcha tarzda saqlab qo‘yish» funksiyasi yoqilgan bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, avtomatik saqlash orasidagi tanaffusni 2–3 daqiqada oshirmaslik kerak. Bu sizga istalgan vaqtda istalgan faylni qayta tiklash imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”