Foto: Depositphotos
Instagram ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining arxivlardagi eski videolarini skrinshotlarga almashtirib qo‘ymoqda. Mazkur yangilik ko‘plab foydalanuvchilar g‘azabiga sabab bo‘ldi, chunki ular ijtimoiy tarmoqqa ishonib, videolarini telefon xotirasidan o‘chirib tashlagan.
Tarmoq foydalanuvchilari Instagram tarixi (stories) arxivlarida g‘alati holatni payqay boshlagan. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, eski videolar avtomatik ravishda o‘zgarmas tasvirga aylanib qolgan. Bunday holat 2017 yilgacha joylashtirilgan videolarga taalluqli, ayrimlarda esa 2022 yilgi videolarda ham shu kabi muammo kuzatilgan — ular to‘liq video o‘rniga faqat birinchi kadrni ko‘rmoqda xolos.
Foydalanuvchilar endilikda o‘z stories'lari arxivi videoarxiv emas, xuddi skrinshotlar jamlanmasiga o‘xshab qolganidan norozi. Bu esa hayotidagi muhim voqealarni arxivda saqlaganlarning jahlini chiqarmoqda.
«2017-2018 yilgi barcha videolar qandaydir skrinshotlarga aylanib qoldi», «Meni 2019 yildan boshlab joylagan videolarim yuklanmayapti, axir u yerda shuncha xotiralarim saqlangan edi», «Instagram'ni ko‘rarga ko‘zim yo‘q. Shuncha xotiralarimni saqlab kelardim, endi esa undan ma’ni yo‘q», — deb yozmoqda platforma foydalanuvchilari.
Instagram hozirga qadar mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bermadi. Bu esa foydalanuvchilar o‘rtasidagi xavotirni yanada oshirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Viktor Orban: Zelenskiyning “g‘alaba rejasi” – bu aslida mag‘lubiyat rejasi
Intellektni rivojlantirish uchun kitoblarni qanday mutolaa qilish kerak?
Yurak salomatligi uchun juda foydali bo‘lgan meva oshkor etildi
Vladimir Putin tibbiy tekshiruvdan o‘tmoqda...
Putin Ukrainada yadroviy qurol paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Asirga olingan ukrainalik askar kutilmagan iltimos bilan murojaat qildi
Germaniyadagi futbol musobaqasida g‘alati natija qayd etildi (video)
Eron BMTni Isroilning mintaqadagi tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi