13:07 / 05.10.2016
7 144

Toshkentda Meizu M3 Note smartfoni 1,35 mln so‘mdan sotila boshladi

Toshkentda Meizu M3 Note smartfoni 1,35 mln so‘mdan sotila boshladi

O‘zbekistonda Meizu kompaniyasining M3 Note modeli savdoga chiqdi, deb yozadi “Mobinfo.uz”. Kompaniya ushbu smartfonni arzon model sifatida tanishtirsa-da, uning mahalliy bozordagi narxini past deb bo‘lmaydi.

Metall korpus va baquvvat batareyaga ega Meizu M3 Note smartfoni aprel oyida taqdim etilgan edi.

Smartfonga sakkiz yadroli Media Tek Helio P10 protsessori o‘rnatildi. Tezkor xotira hajmiga qarab, smartfon ikki xil versiyada chiqariladi (2 Gb va 3 Gb). Xotirani qo‘shimcha ravishda mikroSD yordamida 128 gigabaytgacha kengaytirish mumkin.

Akkumulyator sig‘imi — 4100 mA/soat, bu 17 soat davomida video ko‘rish uchun etarlidir. Smartfon LTE ning barcha chastotalarini, shuningdek, VoLTE texnologiyasini “ko‘tara oladi”, bu avtonom tarzda ishlash vaqtini ancha ko‘paytiradi.

Displey o‘lchami 5,5 dyuymga teng, asosiy kamera 13, old kamera esa 5 megapiksellidir. Barmoq izi skaneri “Uyga” (Home) tugmasiga o‘rnatilgan.

Smartfon kulrang, oq va tillarang korpuslarda taqdim etiladi.

Meizu M3 Note narxi Xitoyning o‘zida 125 dollardan boshlanadi. Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida esa uni 1 344 000 so‘mga sotib olish mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Toshkentda Meizu M3 Note smartfoni 1,35 mln so‘mdan sotila boshladi