Lenovo kompaniyasining ijrochi direktori Djanfranko Lyanchi bergan bayonotda aytilishicha, xitoylik gigant yaqin kelajakda Windows 10 platformasida ishlaydigan smartfonlarni tayyorlashni rejalashtirmagan. Shuningdek, bayonotda Lenovo mazkur platformaning kelajagiga shubha bilan qarashini ham ochiqchasiga bildirib o‘tgan, deyiladi "Terabayt.uz" sayti xabarida.
Ta’kidlash kerak, Lenovo hozirgi kunda Windows 10 operasion tizimida ishlaydigan kompyuter, noutbuk va planshetlar tayyorlaydigan eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun bunday etakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan aytilgan shu kabi fikrlar Windows 10 platformasida faoliyat ko‘rsatadigan telefonlar kelajagini shubha ostida qoldiradi.
O‘tgan yili Lenovo Xitoyda Windows 10 dasturida ishlaydigan smartfonni taqdim qilgan edi. Yaponiyada esa Lenovo SoftBank 503LV nomli Windows smartfon chiqarilgan. Endi esa kompaniya faqat Android platformasidagi qurilmalarga o‘z diqqatini qaratish rejalashtirgan.
Microsoft kompaniyasi esa yaqinda o‘tkazilgan IgniteIT konferensiyasida Windows 10 dasturini yanada takomillashtirib, unga yangidan-yangi funksiyalar qo‘shish maqsadida ekanligini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi