
Xitoyning Leagoo kompaniyasi qimmatbaho Vertu smartfonlari uslubida yaratilgan Leagoo Venture 1 modeli uchun buyurtmalarni qabul qilishda davom etmoqda. Yangi model 16 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi.
Leagoo Venture 1 smartfonining korpusi teri va metalldan ishlangan, unga MediaTek MT6753 prosessori, 3 GB tezkor xotira, 5 dyuymli HD ekran, barmoq izi skaneri, 13 MPli asosiy va 8 MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma 3000 mA/st sig‘imli LGQC (5 V, 1,5 A) standartidagi tezkor zaryadlash funksiyasiga ega bo‘lgan batareyadan quvvatlanadi.
Leagoo Venture 1 Android 5.1 Lollipop platformasida ishlaydi. Narxi – 169,99 dollar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar