LG G3 smartfonlari o‘tgan yili sotuvga chiqarilgandan beri butun dunyo bo‘ylab 6-7 mln nusxada sotilgan. G4 smartfon borasida kompaniyaning umidlari kattaroq – kompaniya 2015 yilda bu qurilmadan kamida 10 mln dona sotishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning ikkinchi raqamli smartfon ishlab chiqaruvchisi vakillari martning boshida Barselonada bo‘lib o‘tgan MWC 2015 ko‘rgazmasi tugagandan keyinoq e’lon qilishgan.
LG bu maqsadga erishish uchun smartfonni Evropada, AQShda va Janubiy Koreyada katta miqyosda reklama qilishni rejalashtirmoqda. Kompaniya Xitoyda bu smartfonning muvaffaqiyatli sotilishiga shunchalik ishonch bilan qarayaptiki, hattoki bu mamlakatni G4 promo-aksiyalar bo‘lib o‘tadigan davlatlar qatoriga ham kiritmagan. Biroq, LG Xitoyni o‘zi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bozorlardan deb hisoblamoqda va bu mamlakatda mahalliy brendlar, xususan, Xiaomi bilan “kuch sinashib ko‘rmoqchi”.
LG G4 ning ko‘rsatkichlariga keladigan bo‘lsak, ular haqida hali hech narsa rasman aytilmagan. Gaplarga qaraganda, qurilma HTC One M9 smartfonida ishlatilgan, biroq Samsung o‘zining yangi Galaxy S6 smartfonida ishlatmagan bir kristalli Qualcomm Snapdragon 810 prosessori negizida quriladi. Bundan tashqari, smartfon 3 yoki 4 Gb tezkor xotira, 2560 × 1400 piksel ko‘rsatish qobiliyatiga ega 5,2 dyuymli displey, optik stabillash tizimiga ega 20,7 Mp li orqa tomonda o‘rnatilgan kamera, barmoq izlari skaneri bilan jihozlanadi. Operasion tizim sifatida Android 5.1 dan foydalaniladi. LG G4 o‘zining oldingi modelidan tashqi ko‘rinishi jihatidan qanchalik farq qilishini faqatgina uning OnLeaks saytida chop etilgan orqa tomonining suratidan bilish mumkin. OnLeaks saytining xabar berishicha, gadjetning o‘lchamlari 48,9 × 76,5 × 9,9 mm ni tashkil qiladi.
LG G4 smartfoni taqdimoti aprelda bo‘lib o‘tadi, biroq hozircha uning aniq sanasi aytilmagan. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, ushbu smartfon MWC 2015 ko‘rgazmasida ko‘rsatilmaganiga bu ko‘rgazmada uning asosiy raqibi Samsung Galaxy S6 namoyish qilingani sabab bo‘lgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?