13:49 / 12.03.2015
7 155

Samsung harbiy standartlar asosidagi smartfonni taqdim etdi

Samsung harbiy standartlar asosidagi smartfonni taqdim etdi

Samsung kompaniyasi Galaxy Xcover 3 smartfonini taqdim etdi. Samsung yangi smartfonni Germaniyada bo‘lib o‘tadigan CeBIT ko‘rgazmasida taqdim etadi.

Smartfon harbiy standartlar asosida yaratilgan bo‘lib, u 1,2 metr balandlikdan tushib ketishga, turli ob-havo sharoitlariga, chang va suvga chidamli qilib yaratilgan. Uning og‘irligi 154 gr, qalinligi 9,95 mm.

Galaxy Xcover 3 4,5 dyuymli displey, 1,2 chastotada ishlaydigan 4 yadroli prosesser, 1,5 GB tezkor hamda 8 GB doimiy xotiraga ega. Asosiy kamera 5 Mp, old kamerasi 2 Mp. Bundan tashqari undan GPS va NFC modullari ham bor. Smartfon Android 4.4 KitKat operasion sistemasida ishlaydi.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung harbiy standartlar asosidagi smartfonni taqdim etdi