Apple kompaniyasi birinchi buklanadigan iPhone smartfonini 2025 yil ikkinchi yarmida ommaviy ishlab chiqarishga kirishadi. Bu haqda taniqli tahlilchi Min-Chi Kuo xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, telefon hozir «rejalashtirish bosqichida». U xuddi oʻta yupqa iPhone 17 Air modeli kabi faqat eSIM’ni qoʻllab-quvvatlaydi. Kuo fikriga koʻra, Apple dizaynda fizik SIM-kartalar uchun slotni qoldirmasa, ikkala gadjet Xitoy bozorida qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Tahlilchi Jeff Pu avvalroq buklanadigan iPhone 2026 yil oxirida chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi, Tayvanning TrendForce tadqiqot kompaniyasi esa uni 2027 yildan oldin chiqarilmasligini ma'lum qildi.
Kuoning soʻnggi bashoratiga koʻra, qurilma 2025 yil oxirida yoki 2026 yil boshida taqdim etilishi mumkin, biroq aniq vaqt hali noma'lum. Uning ta'kidlashicha, iPhone 17 Air katta hajmda ishlab chiqralishishga qaramay, Apple sotuvlarining umumiy hajmini sezilarli darajada oshirishi dargumon. U buni sifatsiz komponentlardan foydalanish, qurilmaning yuqori narxi va hozirgi modellarga oʻxshashligi bilan izohlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing