GTA 6 uchun 100 dollar toʻlashga tayyormisiz? Koʻpchilik bunga rozi

IGN sayti Grand Theft Auto 6 (GTA 6) oʻyinining oddiy nashri uchun 100 dollar toʻlashga tayyor boʻlgan geymerlar haqida soʻrovnoma oʻtkazdi. Natijada, soʻrovda qatnashgan qariyb 7 ming odamning uchdan bir qismi bu summani toʻlashga tayyorligini bildirgan. Ushbu miqdor hozirda Ubisoft kabi kompaniyalar kengaytirilgan nashrlari uchun soʻrayotgan narx bilan tengdir.

Bundan oldin, tahlilchi Mettyu Boll AAA oʻyinlari uchun yangi narx standartlarini joriy qilish oʻyin sanoatini saqlab qolishi mumkinligini ta'kidlagan edi. Uning fikricha, agar Rockstar va Take-Two kabi kompaniyalar oʻz oʻyinlarini 100 dollardan sotishni boshlasa, bu boshqa kompaniyalar uchun yaxshi namuna boʻladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Bundan oldin, tahlilchi Mettyu Boll AAA oʻyinlari uchun yangi narx standartlarini joriy qilish oʻyin sanoatini saqlab qolishi mumkinligini ta'kidlagan edi. Uning fikricha, agar Rockstar va Take-Two kabi kompaniyalar oʻz oʻyinlarini 100 dollardan sotishni boshlasa, bu boshqa kompaniyalar uchun yaxshi namuna boʻladi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…