
Odatda, brauzerlar veb-sahifa kodlarini formatlangan tasvir ko‘rinishiga o‘girgan holda bizga taqdim etadi. Ommabop brauzerlar buning uchun turli dastur va asboblardan foydalanadi. Masalan, Chrome va Opera brauzerlari Blink dasturini ishlatsa, Safari esa Webkit’ni tanlagan. Firefox brauzerida esa 1997 yilda ishlab chiqarilgan Gecko dasturi qo‘llanadi.
Mozilla Firefox brauzerning ishlash sifatini uzluksiz takomillashtirib bormoqda. Yaqinda brauzer dasturchilari Project Quantum deb nomlangan loyihani ishga tushirishdi. Loyiha doirasida Gecko dasturi muayyan vaqt davomida Servo dasturiga almashtiriladi.
Servo brauzer dasturi o‘tmishdoshiga qaraganda bir necha baravar tezroq ishlashi qayd etilmoqda. U murakkab grafik sahifani 60 fps tezlikda yuklashi mumkin. Taqqos uchun WebKit bunday sahifalarni 5 fps, Chrome Canary — 15 fps tezlikda yuklaydi.
Mozilla firmasi Firefox brauzerining Quantum orqali kuchaytirilgan versiyasini 2017 yilda chiqarishni rejalashtirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar