date

Chrome brauzerida joylashuvni aniq emas, taxminiy ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi

Chrome brauzerida joylashuvni aniq emas, taxminiy ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi

Google kompaniyasi Android uchun Chrome brauzerida foydalanuvchilarga o‘z joylashuvini aniq emas, balki taxminiy tarzda veb-saytlar bilan ulashish imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim etdi. Endilikda foydalanuvchilar o‘z maxfiyligini himoya qilish maqsadida saytlarga aniq koordinatalarini yuborishdan voz kechishlari mumkin. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, yetkazib berish xizmatlari yoki bankomat qidirish kabi aniq joylashuvni talab qiluvchi holatlar mavjud. Biroq ob-havo ma’lumotlari yoki mahalliy yangiliklarni ko‘rish kabi vaziyatlarda taxminiy joylashuv yetarli bo‘ladi. Bu o‘zgarish foydalanuvchilarga o‘z shaxsiy ma’lumotlari ustidan ko‘proq nazorat o‘rnatish imkonini beradi.

Google ushbu funksiyani kelgusi oylarda kompyuterlar uchun ham joriy etishni rejalashtirmoqda. Hozircha iOS tizimidagi Chrome brauzeri uchun bunday yangilanish qachon chiqishi haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Shuningdek, Google veb-ishlab chiquvchilar uchun yangi API vositalarini taqdim etadi. Ular orqali dasturchilar sayt funksionalligi uchun aynan qaysi turdagi joylashuv ma’lumoti zarurligini belgilashlari mumkin. Kompaniya ishlab chiquvchilarni faqatgina zarur bo‘lgan hollardagina aniq joylashuvni so‘rashga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Chrome brauzerida joylashuvni aniq emas, taxminiy ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘ldi