14:40 / 31.10.2016
6 763

Ozarbayjonda mobil trafikning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yildi

Ozarbayjonda mobil trafikning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yildi

Ozarbayjon aloqa va yuqori texnologiyalar vazirligi mobil tarmoqda xalqaro telefon trafigining noqonuniy ishlatilishiga chek qo‘ygan, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.

Trafik jinoyatchilar tarafidan GSM-trafikni kabelli trafikka o‘girishga xizmat qiladigan SIM-BOX qurilmasi yordamida o‘g‘irlangan. Qurilma orqali ular arzon xalqaro aloqadan foydalanib, mobil operatorlarga jiddiy moliyaviy zarar keltirishgan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, 2016 yilning so‘nggi 9 oyi mobaynida 59,8 mobil SIM-BOX raqamlari bloklangan. Agar 2012-2016 yillar davomida bunday raqamlar 106 mingtani tashkil qilganini hisobga olsak, joriy yildagi ko‘rsatkich rekord darajada ekanini payqash mumkin.

Mamlakatda xalqaro telefon trafigining noqonuniy ishlatilishiga qarshi nafaqat vazirlik, balki mobil operatorlar ham jiddiy himoya choralari bilan kurashib kelmoqdalar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ozarbayjonda mobil trafikning o‘g‘irlanishiga chek qo‘yildi