ARM Mali-G51 grafik protsessori o‘rtahol smartfonlardagi grafikani kuchaytiradi

ARM Mali-G51 grafik protsessori o‘rtahol smartfonlardagi grafikani kuchaytiradi
ARM Mali-G51 grafik prosessori o‘rtahol smartfonlardagi grafikani kuchaytiradi

Yaponiyaning Softbank firmasi tomonidan 31,4 mlrd AQSh dollariga sotib olingan ARM kompaniyasi yangi avloddagi Mali-G51 grafik protsessori va Mali-V61 videoprotsessorini taqdim qildi.

Terabayt.uz saytining xabar berishicha, Mali-G51 grafik protsessori o‘rtahol smartfonlardagi grafikani kuchaytirish xususiyatiga ega bo‘lib, bunday segmentdagi qurilmalarda sifatli grafikali o‘yinlarni o‘ynash, virtual reallik ilovalarini qo‘llab-quvvatlash va qo‘shimcha reallik funksiyalaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
ARM Mali-G51 grafik protsessori o‘rtahol smartfonlardagi grafikani kuchaytiradi

Mali-G51 protsessori Bitrost arxitekturasida tayyorlanadi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ushbu grafik protsessori firmaga tegishli eng kichik va bir vaqtning o‘zida 4K aniqligida ishlaydigan Vulkan interfeysidagi yuqori effektli chip hisoblanadi.

Mali-G51 joriy mana shunday segmentdagi grafik protsessorlardan 60%ga energiyani kamroq sarflashi bilan ajralib turadi. Ishlash samaradorligi ham deyarli 60%ga yuqori, korpusi esa 30%ga ixcham bo‘lishi aytilmoqda.

Yangi chiplar ayni vaqtda litsenziyalash bosqichidan o‘tkazilmoqda. ARM Mali-G51 grafik protsessori o‘rnatilgan ilk qurilmalar 2018 yilda sotuvga chiqarilishi mumkin.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar