Facebook kompaniyasini bugungi kunda faqat ijtimoiy tarmoq bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Firma anchadan buyon ijtimoiy tarmoqqa aloqador yoki unga qarashli bo‘lmagan xilma-xil servislarni yaratib kelmoqda. Agar bundan bir necha muddat avval Facebook’ka videoo‘yin striminglari tatbiq etilgan bo‘lsa, yaqinda kompaniya o‘zining Gameroom nomli o‘yin platformasini ishlab chiqdi. Shu bilan birga, avvalroq Facebook Messenger xizmatiga basketbol, futbol va shaxmat kabi bir qator sozlangan o‘yinlar qo‘shilgan edi.
Terabayt.uz saytining yozishicha, shu oyning so‘ngida Facebook mustaqil dasturchilarga Facebook Messenger uchun o‘yinlarni tayyorlashga xizmat qiladigan Instant Games deb ataladigan asboblar to‘plamini chiqaradi. Hozircha o‘yinlarning turi to‘g‘risida batafsil ma’lumot yo‘q. Biroq mutaxassislarning qayd etishicha, birinchi navbatda, mazkur yo‘nalishda asinxron o‘yinlar, ya’ni bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilar tomonidan o‘ynaladigan o‘yinlarga urg‘u beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi