Toshkent shahar Er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan ko‘chmas mulk ob’ektlarni inventarizasiyadan o‘tkazish uchun onlayn-arizalarni qabul qilish tizimi ishga tushirildi. Idora matbuot xizmatining xabar qilishicha, onlayn-arizalarni odnookno.uz sayti orqali taqdim etish mumkin.
«Sizning foydalanishingizdagi bino, inshoot yoki er uchaskasining huquqiy xujjatini rasmiylashtirishga oid hal etilmagan muammolar mavjud bo‘lgan taqdirda, Siz rejali xatlovni o‘tkazilishini kutmagan holda, ob’ektni inventarizasiyadan o‘tkazish uchun onlayn-ariza berishingiz mumkin», — deyiladi boshqarma sayti xabarida.
Sizning ko‘chmas mulk ob’ekti inventarizasiyasi natijalariga ko‘ra, er uchastkasiga huquqni belgilash, o‘zboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni buzish yoki ularni mulk huquqi bilan saqlab qolish, er uchastkalarining maydonlarini qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar bilan muvofiqlashtirish masalalarini hal qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.
Tayyorlangan takliflar tuman hokimligidagi jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarini xatlovdan o‘tkazish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘yicha komissiyaga taqdim etiladi.
Komissiya materiallarni olgan kundan boshlab bir hafta mobaynida taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqib, ularni asoslanganligini o‘rganadi.
Yakuniy takliflar Komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tuman hokimiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Tuman hokimi taqdim etilgan takliflarni ko‘rib chiqadi va ular huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lsa, besh kun mobaynida o‘zining qarori bilan tasdiqlaydi. Tuman hokimining qarorida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini tartibga solish bo‘yicha qarorlarni amalda bajarilishini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ham nazarda tutiladi.
Tuman hokimining qarori kadastr yig‘majildiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish va jismoniy va yuridik shaxslarning er uchastkalariga, bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki tuman hokimligi tomonidan kelgusida o‘zboshimcha qurilmalarni buzish hamda noqonuniy egallangan er maydonlarini bo‘shatish maqsadida materiallarni sudga berish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekistonda 2017 yil so‘ngiga qadar jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlari ommaviy inventarizasiyadan o‘tkaziladi. Undan ko‘zlangan maqsad — erga egalik qilish va undan foydalanish masalalarini huquqiy jihatdan hal etishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi