Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi Amerikaning yirik matbuot nashrlarda reklama qilish uchun sahifalarni xarid qildi, deb yozmoqda «Kun.uz» sayti. Kompaniya Galaxy Note 7 smartfoni uchun kechirim so‘rash maqsadida shunday choralarga qo‘l urmoqda.
«Bizning vazifamiz – xavfsiz va sifatli mahsulotni birga taqdim qilishdir. Biz yaqinda bu va’damizni bajara olmadik. Shu boisdan ham biz samimiy kechirim so‘raymiz», – deyiladi The Washington Post, The New York Times va The Wall Street Journal nashrlarida Samsung Electronics North America rahbari Gregori Li imzosi bilan chop etilgan uzrnomada.
Lining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya Galaxy Note 7 smartfonining har bir jihatini o‘rganib chiqadi. «Biz imkon darajasida tez harakat qilamiz», – deya qayd etgan Li, buning uchun vaqt zarurligini e’tirof etgan.
Bundan tashqari, xabarda 2,8 mln dona Samsung kir yuvish mashinalarining qaytarib olinishi ham yodga olingan.
«Xavfsizlik bizning asosiy maqsadimizdir», – degan Li. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samsung iste’molchilarning fikrlarini tinglaydi, xatosidan xulosa chiqaradi va xaridorlar ishonchini qaytarishga omil bo‘luvchi choralarni ko‘radi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»