08:07 / 08.03.2025
3 327

iPhone 17 Pro Max qalinroq bo‘ladi

iPhone 17 Pro Max qalinroq bo‘ladi
Apple iPhone 17 Pro Max dizaynida o‘zgarishlar kiritmoqda, deb pepelac.news xabar berdi. Yangi model oldingi iPhone 16 Pro Max’ga nisbatan 0,475 mm ga qalinroq bo‘lib, 8,725 mm gacha yetadi. Ushbu o‘zgarish qurilmaning batareya sig‘imini oshirish uchun amalga oshirilmoqda, biroq boshqa dizayn xususiyatlari o‘zgarishsiz qoladi.

Shuningdek, iPhone 17 Pro Max orqa panelda katta, yumaloq burchakli to‘rtburchak kameraga ega bo‘lishi va sensorlarning an’anaviy joylashuvi saqlanishi kutilmoqda. Oldingi Pro modellardan farqli ravishda, yangi versiya titandan emas, balki alyuminiy ramka hamda alyuminiy va shisha kombinatsiyasiga ega bo‘ladi.

Bundan tashqari, iPhone 17 Pro Max yangi iPhone 17 Air bilan bir xil o‘lchamlarga ega bo‘ladi, faqat qalinligi farq qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno