22:11 / 12.11.2016
11 950

Xakerlar Wi-Fi signali orqali PIN-kodni aniqlash usulini topishdi

Xakerlar Wi-Fi signali orqali PIN-kodni aniqlash usulini topishdi

Odatda, telefonni bloklash uchun PIN-kod yoki barmoq izi skaneridan foydalanamiz. Biroq so‘nggi tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bunday usullar ham telefonni tashqi xavfdan yaxshi himoya qilolmasligi mumkin ekan.

Terabayt.uz sayti yozishicha, xakerlar Wi-Fi signali orqali smartfondagi PIN-kodni aniqlash usuli topishdi. Xakerlar buning uchun qalbaki Wi-Fi nuqtasini yaratishadi va uzatilgan signal yordamida foydalanuvchi ishlatadigan PIN-kodni bilib olishadi. Buning oqibatini anglash esa u qadar murakkab emas.

Jarayon WindTalker dasturi yordamida amalga oshiriladi: u boshqa xakerlik dasturlaridan farqli o‘laroq, foydalanuvchi bosadigan tugmalarning tovushini ham aniqlash imkoniyatiga ega. Bularning barchasi Wi-Fi tarmog‘i orqali bajariladi.

Albatta, bundan xavotirga tushish kerak emas. WindTalker dasturi samarali ishlashi uchun bir qator muayyan sozlama va sharoitlar talab etiladi. Shunday bo‘lsa-da, bu ma’lumot smart qurilma foydalanuvchilari uchun ahamiyatli. Ayniqsa, jamoat joylaridagi bepul Wi-Fi tarmoqlarga ulanganda hushyor bo‘lish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xakerlar Wi-Fi signali orqali PIN-kodni aniqlash usulini topishdi