20:03 / 13.03.2025
39

Tata Technologies xakerlar hujumiga uchradi – 1,4 TB ma'lumot o‘g‘irlandi

Tata Technologies xakerlar hujumiga uchradi – 1,4 TB ma'lumot o‘g‘irlandi
Tata Technologies kompaniyasi 1,4 terabayt ma'lumot xakerlar tomonidan o‘g‘irlanganini tasdiqladi, deb xabar berdi Pepelac News. Ushbu kiberhujumni Hunters International guruhi amalga oshirgan bo‘lib, natijada 730 000 dan ortiq hujjatlar internetga sizib chiqqan.

Ushbu hujum kompaniyaning ba'zi xizmatlarining vaqtincha ishlamay qolishiga sabab bo‘ldi. Xakerlar o‘g‘irlangan ma'lumotlarni darknetda e'lon qilishdi, ularga xodimlarning shaxsiy ma’lumotlari, mijozlar bilan shartnomalar, xarid buyurtmalari va boshqa maxfiy hujjatlar kiradi.

Tata Technologies bu voqea haqida Hindiston fond bozoriga yanvar oyida xabar bergan, ammo mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni zarar ko‘rmaganini ta’kidlagan. Hunters International 2023-yil oxirida tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyalarga hujum qilish va tovlamachilik yo‘li bilan pul olishga ixtisoslashgan.

Bu kiberhujum global kompaniyalar uchun jiddiy xavf tug‘dirayotganini va kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno