Apple kompaniyasi oktyabr oyida App Store resursidan keraksiz va qoidalarga javob bermaydigan 47 300 ta ilovani o‘chirib tashlagan. Ushbu ko‘rsatkich kompaniya 2016 yilda bir oy mobaynida do‘kondan o‘chirgan ilovalar miqdoridan 3 marta ko‘proqdir (odatda, Apple oyiga 14 mingta ilovani o‘chirardi).
Eng ko‘p ilovalar “O‘yinlar” bo‘limidan o‘chirilgan bo‘lib, jami olib tashlangan ilovalarning 28 foizini tashkil qilgan. Keyingi o‘rinlarni “Ko‘ngil ochish” (8,99 %), “Kitoblar” (8,96%) va “Ta’lim” (7%) bo‘limlari egallagan. O‘chirilgan ilovalarning qariyb yarmi 2015 yilning may oyidan beri yangilanmagan.
Apple’ning ta’kidlashicha, App Store’da har hafta taxminan 100 mingga yaqin yangi va yangilangan ilovalar paydo bo‘ladi. Do‘kondagi ilovalarning jami soni 2 million atrofida. 2020 yilga borib ushbu miqdor 5 millionga etishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»