
YouTube videoxostingi Shorts videolarini ko‘rish vaqtiga cheklov qo‘yish imkonini beruvchi funksiya ustida ishlamoqda, deb techcrunch.com xabar berdi.
Foydalanuvchilar kunlik taymer orqali Shorts'ga sarflayotgan vaqtini nazorat qila oladi. YouTube vakillari funksiya ishlab chiqilayotganini tasdiqlagan, ammo hozircha ommaviy sinov boshlanmagan.
Android Authority e’lon qilgan kod parchalarida taymer foydalanuvchini cheksiz videolar tomoshasidan to‘xtatishi mumkinligi aytilgan. Shu bilan birga, barcha Shorts bloklanmaydi — ayrim videolar hali ham ko‘rsatilishi mumkin.
Ushbu o‘zgarishlar ko‘rishlar soniga ijobiy ta’sir qilishi va Shorts'ning ommalashuvini oshirishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar