date
views 184

Bukiluvchi iPhone 2026 yilda taqdim etiladi

Bukiluvchi iPhone 2026 yilda taqdim etiladi
Birinchi bukiluvchi iPhone iPhone Pro Max modelidan taxminan 1000 dollar qimmatroq bo‘lishi mumkin, deb iXBT.com sayti xabar berdi.

Insayder Instant Digital’ning xabar berishicha, Apple’ning birinchi bukiluvchi smartfoni narxi 2100–2300 dollar oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Bu esa Samsung’ning Galaxy Z Fold modelidan biroz qimmat, u 1900 dollardan boshlanadi.

Apple bukiluvchi smartfonini kitob shaklida ochiladigan formatda ishlab chiqarmoqchi, ya’ni Galaxy Z Fold’ga o‘xshash. Avvalroq esa uning “flip” shakldagi model bo‘lishi haqida mish-mishlar chiqqan edi.

iPhone Fold deb nomlanishi mumkin bo‘lgan ushbu qurilma iPhone Pro Max’dan qariyb 1000 dollar qimmatroq bo‘ladi.

Smartfonning 2026 yilda taqdim etilishi kutilmoqda. Instant Digital ilgari iPhone 14’ning sariq varianti, iPhone 15 Pro’da fazoviy video yozish imkoniyati va Apple Watch Series 9 funksiyalari haqida to‘g‘ri ma’lumot bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bukiluvchi iPhone 2026 yilda taqdim etiladi