
Facebook kompaniyasi yuzlarni tanish va yuz ifodalarini tahlil qilish texnologiyasini ishlab chiqayotgan FacioMetrics startapini sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda Terbayt.uz sayti.
Yuzni aniqlash va tanish texnologiyalari to‘ldirilgan va virtual reallik ilovalarida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, undan animasiya yaratish va auditoriya reaksiyasini o‘rganish jarayonlarida foydalanish mumkin. Bu kabi texnologiyalar qo‘shimcha qiziqarli imkoniyatlarni taqdim etgan holda odam va robot mashina o‘rtasidagi interfaol muloqotni yangi pog‘onaga olib chiqishga xizmat qiladi.
FacioMetrics kompaniyasiga Karnegi-Mellon universitetida ishlagan bir guruh tadqiqotchilar tomonidan asos solingan. Hozircha kelishuvning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar