AirSelfie – selfi oladigan mitti dron

AirSelfie – selfi oladigan mitti dron
AirSelfie – selfi oladigan mitti dron

Kickstarter platformasida selfi olishga mo‘ljallangan AirSelfie nomli mitti dronning loyihasi taqdim etildi. Ushbu dron-kvadrokopter ixcham shaklga ega, cho‘ntakda olib yursa bo‘ladi. Dron bir qator sensorlar, microSD-slot, Wi-Fi adapteri va batareya bilan jihozlangan.

Dronga aniqligi 5 MP bo‘lgan kamera o‘rnatilgan, uni maxsus mobil ilova yordamida boshqarish mumkin. Kvadrokopter orqali selfi quyidagi usulda olinadi: Foydalanuvchi apparatni ishga tushirib, smartfon orqali kerakli rakursni aniqlaydi, shundan keyin selfi olish uchun taymer o‘rnatiladi. Shunday qilib smartfonni boshqa joyga qo‘yib, selfi uchun zaruriy holatni egallash mumkin bo‘ladi.
AirSelfie – selfi oladigan mitti dron

AirSelfie’ning og‘irligi 50 gramm atrofida, avtonom ishlash vaqti taxminan 3 daqiqani tashkil etadi. Selfi dron keyingi yil 180 evro narxida sotuvga chiqadi
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar