19:47 / 22.11.2016
6 795

Amerikalik olimlar dunyoda birinchi foton prosessorni ishlab chiqishdi

Amerikalik olimlar dunyoda birinchi foton prosessorni ishlab chiqishdi

Neyron tarmoqlarni rivojlantirish bilan bir vaqtda sun’iy intellekt ham faol rivojlanadi. Neyron tarmoqlar butun dunyo olimlariga ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlashga yordam beradi, mashinalar ular orqali ob’ektlarni, odamlarning yuzlarini taniy olish, qayta ishlash va bir tildan boshqa tilga tarjimalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. Hozirgi paytda olimlarning e’tibori inson miyasi faoliyatini qayta tiklovchi maxsus prosessorlarni yaratishga qaratilgan. Priston universiteti jamoasi neyronlar imitasiyasi uchun nurdan foydalanuvchi ilk prosessorni ishlab chiqdi. Bu haqda Kun.uz nashri yozmoqda.

Olimlar o‘z ixtirolarini "integrasiyalashgan kremniy foton neyromorf chipi" deb atashmoqda. Bu optik hisoblash qurilmasi 49 tugundan iborat bo‘lib, ularning har biri nurlarning muayyan uzunlikdagi to‘lqinlari bilan ishlaydi. Nur tugun ichida to‘xtovsiz aylanadi, tashqariga chiqqach esa, lazer nuri ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Lazer keyingi tugunga etganida zanjir tutashadi. Olimlar o‘z izlanishlarida muvaffaqiyatli natijaga erishishdi, zero optik chip an’anaviy prosessorlar uddasidan chiqa olmaydigan haddan ziyod tez hisoblashlarni amalga oshirishga qodir.

Masalan, foton prosessor matematik differensial tenglamani oddiy markaziy prosessorga nisbatan 1960 karra tezroq hisoblaydi, oddiy prosesoorlarda fotonlar o‘rniga elektronlar qo‘llanadi. Tadqiqotchilar yangi texnologiyaga katta umid bildirishmoqda, axir kelajakda optik hisoblovchi qurilmalar hammada bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Amerikalik olimlar dunyoda birinchi foton prosessorni ishlab chiqishdi