
Facebook kompaniyasi lazerlar yordamida internet signallarini tarqatuvchi Aquila dronining halokatga uchraganini oshkor qilmagan. Buning o‘rniga, Mark Sukerberg dronning sinov parvoz muvaffaqiyatli o‘tgani haqida bayonot bergan, deb xabar qilmoqda Kun.uz nashri.
28 iyunda Aquila dronining sinov parvozi amalga oshirilgan, shundan so‘ng, kompaniya uning omadli kechgani haqida yozma bayonot bergan edi. Oradan bir oy o‘tgach, Facebook tarqatgan boshqa xabarga ko‘ra, dron qo‘nayotgan vaqtda «nosozliklarga duch kelgan».
Shundan so‘ng, Amerika transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengashi Aquila qulashi bo‘yicha surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. U qulagan vaqtda «sezilarli zararlangan», ammo erdagi insonlar va binolarga zarar etkazmagani aniqlandi.
Dronning muvaffaqiyatli parvozi haqida maqola yozgan The Verge nashri jurnalisti o‘z xabarini rad etuvchi materialini e’lon qilib, bundan keyin Facebook kompaniyasiga oid xabarlarni batafsil o‘rganish bo‘yicha tavsiya bergan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar