01:31 / 23.11.2016
6 884

Apple egiluvchan displeyga ega uch marta buklanuvchi iPhone uchun patent oldi

Apple egiluvchan displeyga ega uch marta buklanuvchi iPhone uchun patent oldi

AQShning Apple korporasiyasi egiluvchan displeyga ega buklanadigan smartfon uchun patent oldi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

AppleInsider portalining axborotiga ko‘ra, patent o‘zaro birlashtirilgan bir necha qismlardan iborat uskunaning ishlab chiqilishini ko‘zda tutadi. Shu tariqa, telefon o‘rtasidan emas, balki bir necha marta buklanishi mumkin bo‘ladi.

Bunday smartfonni yaratish uchun muhandislar o‘z ishlanmalarida egiluvchan OLED-displey singari muqaddam patentlangan texnologiyalar, shuningdek, nitinol (nikel va titan qotishmasi) va elastik polimerlar singari komponentlardan foydalandi.

Patent hujjatlarida yangi uskunaning turli konfigurasiyalari ko‘rsatilgan. Ular orasida, tashqi tomondan odatiy buklanuvchi telefonlarga o‘xshash modellardan tashqari, uchta qismdan iborat konfigurasiyalar ham mavjud. Variantlardan biri telefon egasiga uni kiyimiga mustahkamlab qo‘yish imkonini beradigan moslamani nazarda tutadi.

Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, patentning ro‘yxatga olinishi hali bunday uskuna yaratilyapti degan emas. Kompaniya 2017 yilda egiluvchan displeyga ega uskunani taqdim etishi haqidagi gap-so‘zlar ixtisoslashgan matbuotda ko‘pdan beri tarqalmoqda, ammo buni tasdiqlovchi dalillar hozircha yo‘q, deb ta’kidlanadi xabarda. Kompaniya hozircha smartfonlarni an’anaviy shaklda ishlab chiqishni ma’qul ko‘rmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple egiluvchan displeyga ega uch marta buklanuvchi iPhone uchun patent oldi