Ukrainaning Planexta jamoasi insonning ruhiy holatini uning kardiogrammasi yordamida aniqlovchi bilakuzuk Sence’ni yaratishdi va bu loyihani 638 sarmoyachi qo‘llab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Kun nashri.
Jamoa Kickstarter saytida qurilmani ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan 100 ming dollarni pul yig‘ish kampaniyasi tugashiga 7 kun qolgandayoq yig‘a oldi.
Kompaniya qo‘lga kiritilgan mablag‘ni qurilmani ishlab chiqarishni tashkillashtirish uchun sarflamoqchi. Hozir bu borada Xitoy fabrikalari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
"Biz qo‘ldan olingan kardiogrammadan R-cho‘qqilarni o‘qish texnologiyasini rivojlantirib, bir qator tajribalar o‘tkazdik. Bunday ma’lumotlar yurak ritmi variabelligini (o‘zgarishini) tahlil qilish uchun lozim, bu usul tibbiyotda yurak-qon tomirlari kasalliklari xatari, odamning ruhiy-hissiy holatini baholash va kasalliklarni prognoz qilishning ommabop usulidir", deb aytmoqda kompaniya asoschisi Evgeniy Nayshtetik.
Uning aytishicha, yurak qisqarishlari orasidagi intervallar vegetativ asab tizimi ishini baholashga va matematik usullardan foydalanib odamning umumiy holatini tahlil qilishga yordam beradi.
Qurilma ixtirochilari Sence’ni "dunyodagi eng aniq fitnes-treker" deb atamoqdalar, chunki u undan foydalanuvchi odam quvonayotgani yoki xafa bo‘layotgani, zo‘riqayotgani yoki o‘zini osoyishta tutayotgani, to‘yib uxlagani yoki uxlay olmaganini ko‘rsata oladi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»