16:06 / 25.11.2016
7 320

Samsung noutbuk biznesini Lenovo‘ga sotib yuborishi mumkin

Samsung noutbuk biznesini Lenovo‘ga sotib yuborishi mumkin

Samsung kompaniyasi noutbuk biznesida, ta’kidlash kerak, smartfon yoki televizorlar bozoridagi muvaffaqiyatini takrorlay olmadi. Hozirda garchi Janubiy Koreya kompaniyasi turli formatdagi noutbuklarni tayyorlayotgan bo‘lsa-da, aftidan, ular keltiradigan daromad kutilgan darajada yuqori emas, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Samsung tez orada o‘zining noutbuk biznesini Xitoyning Lenovo kompaniyasiga sotib yuborishi mumkin. Ikki gigant orasidagi mazkur mavzuga doir muzokaralarda Paul Hastings xalqaro agentiligi Samsung nomidan ishtirok etadi (Lenovo‘ni manfaatlarini Freshfields Bruckhaus Deringer himoya qiladi). Hozircha kelishuvning bahosi ma’lum emas, biroq taxminlarga ko‘ra u 850 mln AQSh dollarini tashkil qilishi mumkin. Lenovo hozirgi kunda noutbuk savdolari bo‘yicha jahonda etakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, bundan taxminan 2 oy avval Samsung o‘ziga tegishli printer biznesini qariyb 1 millard dollar evaziga AQShning HP kompaniyasiga sotib yuborgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung noutbuk biznesini Lenovo‘ga sotib yuborishi mumkin